Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llari qachon qurib bitkazilishi aytildi

O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llari qachon qurib bitkazilishi aytildi

Toshkent-Andijon va Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘llari 2026-yilgacha qurib bitkaziladi. Bu haqda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022-2026-yillarda transport sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 5 ta yirik loyiha bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va o‘rganish ishlari davom etmoqda:

Bular:

  1. Jahon banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
  2. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahat ko‘magida amalga oshirilayotgan Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi;
  3. Samarqand va Shahrisabz shaharlari orasida 66 km.lik avtomobil yo‘li va Tahtaqoracha dovonida 4,4 km.lik tunnel qurish loyihasi;
  4. Toshkent shahar va hududiy xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihalari bo‘yicha Jahon banki guruhi tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda;
  5. Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlarni modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring