Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda OIV bilan kasallanganlar soni haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonda OIV bilan kasallanganlar soni haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonda 2022-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra OIV bilan kasallanganlar soni 45 ming nafarni tashkil etmoqda. Qayd etilishicha, ushbu shaxslarning aksariyat qismi maxsus antiretrovirus davolash bilan qamrab olingan.

– Har yili O‘zbekistonda 4-4,5 mln nafar kishi OIV infeksiyasiga qarshi tekshiriladi. Tekshirilganlar orasida 0,1 foizda kasallik alomati mavjud odamlar aniqlanadi.  O‘n yillar muqaddam bir yilda 700 nafar aholi bu kasallik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ularning 0,42-0,45 foizida kasallik mavjudligi aniqlangan.

Kasallikningn onadan bolaga yuqish hollari ham 10 yil avval 4,8 foizni tashqil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 0,6 foizga teng, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botirjon Qurbonov.

Qurbonovga ko‘ra, har yili OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan 6 oylikkacha bo‘lgan 600 nafar bola sun’iy quruq sut aralashmalari bilan ta’minlab kelinmoqda.

Shuningdek, 18 yoshgacha bo‘lgan OIV infeksiyali bolalar esa kasallik aniqlanishi bilan ijtimoiy nafaqa bilan ta’minlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring