Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ish bilan band aholi soni bir yilda 312 ming kishiga oshdi – Markaziy bank

O‘zbekistonda ish bilan band aholi soni bir yilda 312 ming kishiga oshdi – Markaziy bank

2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda jami ish bilan band bo‘lgan aholi soni 312 ming kishiga yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,3 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank Pul-kredit siyosati departamentining 2024 yil 1-chorak uchun «Mehnat bozori sharhi»da ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab mehnat bozori ko‘rsatkichlari yaxshilanishda davom etmoqda. Jumladan, yanvar-mart oylarida iqtisodiyotdagi ishsizlik darajasi sezilarli darajada kamayib, 6,8 foizni tashkil qilgan. Bandlikka asosiy hissa qo‘shgan sohalar qurilish va savdo tarmoqlari bo‘lib, qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar soni esa kamaygan.

Shuningdek, mehnat bozoridagi bo‘sh ish o‘rinlari (vakansiyalar) soni bilan o‘lchanadigan ishchi kuchiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshdi. Ushbu davrda bo‘sh ish o‘rinlarining o‘rtacha soni qariyb 36,8 mingtani tashkil etib, 2023-yil dekabr oyi ko‘rsatkichlariga nisbatan 14 foizga oshgan (32,2 mingta).

Eng ko‘p bo‘sh ish o‘rinlari chakana savdo, qurilish, umumiy ovqatlanish, ishlab chiqarish va ta’lim sohalarida shakllanishda davom etmoqda. Hududlar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlarining asosiy qismi Toshkent shahri (60 foiz atrofida), Samarqand (11 foiz) va Toshkent viloyatlariga (9 foiz) to‘g‘ri kelgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring