O‘zbekistonda eng ko‘p ikki bolali oilalar uchraydi – statistika
2023-yilning yanvar-avgust holatiga O‘zbekistonda 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, shundan – bir bolali oilalar 21,5 foiz, ikki bolali oilalar 27 foiz, uch bolali oilalar 17,9 foiz hamda to‘rt va undan ko‘p bolali oilalar ulashi 8 foizni tashkil qiladi.
Statistika agentligi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida Toshkent viloyatida 2 nafar bolali uy xo‘jaliklar katta ulushni tashkil etgan.
Jumladan, viloyatda 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 73,8 foizni va shundan ikki bolali uy xo‘jaliklar ulushi 23,9 foizni tashkil etadi.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 26,2 foiz uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter