O‘zbekistonda 110 mingdan ortiq talaba rasman ishlaydi – statistika
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi respublika bo‘yisa rasmiy ish joyiga ega talabalar haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, jami ishlayotgan talabalar soni 113 724 nafar bo‘lib:
- davlat tashkilotlarida — 62 707 nafar (55,1 foiz);
- xususiy sub’yektlarda — 47 235 nafar (41,6 foiz);
- ikkala sektorda — 3 782 nafar (3,3 foiz).
Shundan:
- erkaklar — 66 524 nafar (58,5 foiz);
- ayollar — 47 200 nafar (41,5 foiz).
Qayd etilishicha, bu borada Toshkentda o‘qiyotgan talabalar peshqadam bo‘lib, jami 35 864 nafar (31,5 foiz) talaba rasman ishlaydi.
Shundan:
- erkaklar — 25 226 nafar (22,2 foiz);
- ayollar — 10 638 nafar (9,3 foiz).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter