O‘zbekiston Xitoyga 6 oy ichida qariyb 204 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida quvur orqali Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston 203,9 mln dollarlik mahsulot eksporti bilan 5-o‘rinda qayd etildi. Bu haqda TASS XXR bojxona bosh boshqarmasi statistik ma’lumotlariga tayanib ma’lum qilmoqda.
Birinchi yarim yillikdagi hajm O‘zbekistonning Xitoyga o‘tgan yili qilgan tabiiy gaz eksportiga nisbatan ikki baravar kam.
Ma’lum qilinishicha, Xitoy hisobot davrida Turkmanistondan (5,06 mlrd dollar), Rossiyadan (3,4 mlrd dollar), Myanmadan (737,9 mln dollar) va Qozog‘istondan (448,7 million dollar) tabiiy gaz importini amalga oshirishni boshladi.
O‘zbekistondan Xitoyga gaz eksportining oylik dinamikasi o‘sishda davom etmoqda. Iyun oyida O‘zbekiston Xitoyga 85 million dollardan ortiq tabiiy gaz eksport qilgan. May oyiga nisbatan oylik eksport hajmi pul ifodasida qariyb 9 foizga yoki 7,14 million dollarga oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon O‘zbekiston jami 278,4 million dollarlik tabiiy gaz eksportini amalga oshirgan, bu o‘tgan yilning mos ko‘rsatkichidan uch baravar kamdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter