Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Turkiya mahkumlarni topshirish bo‘yicha kelishib oldi

O‘zbekiston va Turkiya mahkumlarni topshirish bo‘yicha kelishib oldi

2023-yil 15-fevral kuni O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro mahkumlarni topshirish bo‘yicha hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi.

Mazkur qonun bilan ratifikatsiya qilingan Bitim 2022-yil 29-mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida imzolangan edi.

Ta’kidlanishicha, hujjat O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Shuningdek, hujjat O‘zbekiston va Turkiya fuqarolariga jazoni o‘z vatanlarida o‘tash imkonini beradi. Mazkur qonunning qabul qilinishi fuqarolar huquq va manfaatlarini yanada samarali himoya qilish bilan birga, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur qonun o‘tgan yilning 27 dekabrida Senat tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston mahkumlarni bir-biriga topshirishga kelishib olgani aytilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring