O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yana bir o‘tkazish punkti ochilyapti
Namangan viloyatida O‘zbekistonni qo‘shni Qirg‘iziston bilan bog‘lovchi «Uchqo‘rg‘on - Madaniyat» yo‘lining 10-kilometrida joylashgan Uchqo‘rg‘on chegara bojxona posti qurilmoqda.
Qayd etilishicha, xuddi shunday loyiha Qirg‘iziston Respublikasi Navkent tumani Qiziltuu qishlog‘i «Kengsay» bojxona postida ham amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston Respublikalari chegarasida joylashgan «Uchqo‘rg‘on» va «Kengsay» chegara bojxona postlari shu yili foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
«Mazkur bojxona chegara postining ochilishi viloyatimiz va Uchqo‘rg‘on tumani aholisi uchun katta qulayliklar yaratadi.
Shu o‘rinda viloyat, tuman iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Logistika, xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi.
Amalga oshirilayotgan ishlar o‘zaro munosabatlar, do‘stlik rishtalari va har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi», – deyiladi Namangan viloyati hokimligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter