O‘zbekiston va Ozarbayjon: harbiy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim ratifikatsiya qilinishi mumkin
Senat bugun, 6-apreldagi o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2022-yil 21-iyun) va ikki davlat o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2022-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilishga oid qonunlarni ma’qulladi.
Qayd etilishicha, mazkur Bitimlar Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlik ikki davlat armiyalarining mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash va salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ushbu Bitimlar Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolangan va harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-ta’lim sohasida, shuningdek, tomonlar manfaatlari kesishadigan boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganligi qayd etildi.
Senatorlarning fikricha, bitimlarning qabul qilinishi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga yangicha turtki beradi va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, mazkur ikki Bitimni ratifikatsiya qilishga oid qonunlar Prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter