Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Italiya transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashishda hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Italiya transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashishda hamkorlik qiladi

O‘zbekiston hamda Italiya davlatlarining ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov italiyalik hamkasbi Matteo Piantedosi bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur tadbir Prezident Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy tashrifi (2023-yil 8-9 iyun) yakuni bo‘yicha imzolangan «Yo‘l xaritasi» ijrosi bo‘yicha Italiya tomonining taklifiga binoan amalga oshirildi.

Uchrashuvda tomonlar 2023-yil iyun oyida Rim shahrida imzolangan O‘zbekiston va Italiya hukumatlari o‘rtasida ichki ishlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim ijrosini, shuningdek terrorizm, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi hamda boshqa turdagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, huquq-tartibot hamda raqamli texnologiyalarni sohaga tatbiq etishda idoralararo muvofiqlashtirish mexanizmini yaratish hamda o‘zaro tajriba almashish, shuningdek ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi masalalarni muhokama qildilar.

Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida istiqbolli vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, Italiya davlatiga tashrif jarayonida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Italiya Davlat politsiyasi hamda Milliy politsiya Akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring