Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Tojikistondan elektr importini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston Tojikistondan elektr importini yo‘lga qo‘ydi

Surxondaryo viloyatida aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini uzluksiz  elektr  energiyasi bilan  ta’minlash  maqsadida qo‘shni Tojikiston Respublikasidan qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berish  yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha,  2023-yil 18-yanvar kuni Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumanlarining 70 foiz,  Bandixon, Qiziriq, Sherobod tumanlarining 90 foiz va Boysun tumanidagi elektr energiya iste’molchilari  Sariosiyo, Uzun, Denov  tumanlari qatori Tojikiston Respublikasining «Regar-500» podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlari orqali kuchlanish bilan ta’minlandi.

Viloyatimizning  Termiz, Jarqo‘rg‘on tumanlarining  30 foizi, Muzrabot, Angor, Sherobod tumanlarining 10 foizi  hamda Termiz shahrining elektr energiya iste’molchilari 196 MVt yuklama bilan  O‘zbekiston Respublikasi orqali kuchlanish bilan ta’minlanmoqda.

Tojikiston Respublikasining «Regar-500» podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlarining har biridagi simning yuklamani ko‘tarish qobiliyati 250 MVtga mo‘ljallangan bo‘lib, L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlarining birortasi favqulotda o‘chib qolish holatlari yuz bergan vaqtlarda energosistemani saqlab qolish maqsadida Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Boysun, Sariosiyo, Uzun, Denov  tumanlari bo‘yicha  Janubiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi dispetcherlarining topshirig‘i va Surxondaryo hududiy dispetcherlik bo‘limi dispetcherining farmoyishi bilan tumanlarning o‘zidan tasdiqlangan cheklash grafigiga asosan  6-10 kVli fiderlardan soatiga 70-80 MVt dan cheklash olib borish taqazo etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring