O‘zbekiston TIV Xitoy va Braziliyadagi suv toshqinlari jabrdiydalariga hamdardlik bildirdi
Ayni kunlarda dunyoning bir qancha hududlarida, jumladan, Xitoy va Braziliyada ham qattiq yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida suv toshqinlari sodir bo‘lmoqda.
O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov har ikki davlatda odamlar o‘limi bilan bog‘liq suv toshqinlari sodir bo‘layotgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
«Xitoy va Braziliyada o‘nlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan kuchli yog‘ingarchiliklarning halokatli oqibatlari haqidagi xabarlarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.
O‘zbekiston TIV nomidan qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz va barcha jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz», – deb yozadi B.Saidov.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida kuchli yomg‘ir yog‘ishi ortidan kelib chiqqan toshqinlar hukumatni 110 ming aholini evakuatsiya qilishga majbur qildi. OAV xabarlariga ko‘ra, tabiat hodisasi natijasida 36 ta uy qulagan, 48 tasi jiddiy zarar ko‘rgan. Bugungi kunga qadar toshqinning jami zarari 140 million yuandan (19 million AQSh dollari) oshgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, kuchli suv toshqini Braziliyani ham qamrab olgan. 10 kishi kuchli suv toshqini qurboni bo‘ldi. Yana 21 nafari bedarak yo‘qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter