Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 145-davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

O‘zbekiston 145-davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

18-yanvar, juma kuni Kampala shahrida (Uganda) O‘zbekiston va Uganda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Uganda Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeje Odongo imzoladi.

Shu tariqa, Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 145-davlat bo‘ldi.

Suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uganda TIV rahbari Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor yo‘nalish etib belgilangan O‘zbekistonning tashqi siyosatini hamda davlatimiz rahbari tomonidan xalqaro miqyosda ilgari surilayotgan tashabbuslarni rasmiy Kampalada yuqori baholashlarini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring