Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 2023-yilda qurilish ishlari 1,5 barobarga ortgan

O‘zbekistonda 2023-yilda qurilish ishlari 1,5 barobarga ortgan

2023-yilda uy-joy qurish hajmi 1,5 baravarga ortib, 90 ming xonadonli uylarda qurilish ishlari tashkil etildi.

Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma’lum qildi.

Vazirlik rasmiysiga ko‘ra, avvalgi yillardan farqli ravishda yakunlangan yil qurilish sohasida sermahsul yil bo‘lib, qurilish ishlarining taxminan 107 foizga ortgan.

Qurilish ishlari hajmi Respublika bo‘yicha jami 140 trln. so‘mdan oshgan. Bunda asosan, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha, infratuzilma ob’yektlari, muhandislik kommunikatsiyalari va yirik ishlab chiqarish inshootlari qurilishiga oid maqsadli dasturlarning amalga oshirilishi hamda tashabbusli budjet tizimining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 40 ta hududda «Yangi O‘zbekiston» massivlari qurilishi jadal olib borilgan, investitsiya dasturi asosida 2 535 ta ijtimoiy soha va infratuzilma ob’yektlarida qurilish-rekonstruksiya ishlari, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida esa 5 284 ta mahalladagi 7 138 ta obyektda jami 7 trln. so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan.

«Bundan tashqari, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va topshiriqlar asosida turli manbalardan ajratilgan 10 trln.so‘m mablag‘lar hisobidan ham 35 mingdan ortiq ob’yektda qurilish ishlari bajarildi.

Yangi joriy etilgan «Tashabbusli budjet» tizimi hududlarda bunyodkorlik ishlari ko‘lamining yanada kengayishiga turtki bo‘ldi. Xususan, ushbu tizim orqali olingan 5,5 trln. so‘m mablag‘ hisobiga mahallalardagi 4701 ta obyektda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi», – deydi Saidnosir Usmonov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring