Oyoq kiyim eksportida eng katta ulushga ega viloyatlar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-iyul oylarida 18 ta xorijiy davlatlarga qiymati 21,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 15,3 mln. juft oyoq kiyimlar eksport qildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oyoq kiyimlar eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,3 mln. juftga kamaygan.
2022-yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:
– Qirg‘iz R. – 7,6 mln. juft
– Tojikiston – 3,5 mln. juft
– Qozog‘iston – 3,5 mln. juft
– Rossiya – 334 ming juft
– Afg‘oniston – 312 ming juft
2022-yilning 7 oyida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:
– Andijon viloyati – 9,2 mln.
– Samarqand viloyati – 4,8 mln.
– Farg‘ona viloyati – 4,7 mln.
– Toshkent viloyati – 1 mln. AQSh dollari
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021-yilda O‘zbekiston 16 ta xorijiy davlatlarga qiymati 37,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan oyoq kiyimlar eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich 2020-yil bilan solishtirilganda 1 mln. AQSh dollariga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter