Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan hafta eng qimmat avtoraqam 306 mln so‘mga sotilgan – Birja

O‘tgan hafta eng qimmat avtoraqam 306 mln so‘mga sotilgan – Birja

2023-yil 2-oktyabrdan 8-oktyabrgacha bo‘lgan davrda avtoraqam.uzex.uz savdo tizimiga jami 8 988 ta avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joylashtirilgan.

Shundan:

  • 5 651 tasi jismoniy shaxslar
  • 3 337 tasi yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.

Hisobot davrida 1 939 ta avtoraqamlar bo‘yicha auksion savdolar amalga oshirilgan va ularning jami summasi 12 mlrd 149,9 mln so‘mni tashkil etdi. Amalga oshgan bitimlarning 95 foiz ulushi jismoniy shaxslarga (11 mlrd 540,2 mln so‘mga teng 1 886 ta avtoraqam) va 5 foiz ulushi yuridik shaxslarga (609,7 mln so‘mga teng 53 ta avtoraqam) to‘g‘ri keladi.

Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 6,3 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 305,9 mln so‘mni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring