O‘zbekistonda YTH oqibatida yetti oyda 1 115 kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning o‘tgan 7 oy davomida respublika hududida 4 772 ta yo‘l-transport hodisasi (YTH) qayd etilgan. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2 453 ta YTH haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga e’tibor bermasligi oqibatida kelib chiqqan. Natijada 1 115 kishi halok bo‘lgan, 4 ming 564 nafari turli tan jarohatlari olgan. Halok bo‘lganlarning 1 078 nafari yoki 96,7 foizi xavfsizlik kamarini taqmagan.
Birgina Toshkent shahar IIB ma’lumotlarida aytilishicha, joriy yilning o‘tgan 7 oyida poytaxtda 675 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.
Hodisa oqibatida 71 kishi halok bo‘lgan, 787 kishi turli tan jarohatlari olgan. Baxtsiz hodisalarning eng keng tarqalgan sababi tezlikni oshirish bo‘lgan — 199 ta holat.
Haydovchilar tomonidan 90 ta holatda taqiqlovchi svetofor ishorasiga e’tibor bermaslik, mast holatda haydovchilar ishtirokida 8 ta YTH sodir etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter