«Oqqo‘rg‘on tajribasi» Andijonda davom ettirilyapti
O‘zbekiston prezidentining «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ijro etish yuzasidan Respublika ishchi guruhi «Oqqo‘rg‘on tajribasi» asosida Andijon viloyatidagi ayrim kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etdi.
Xususan, Ulug‘nor tumani «Yangiobod» mahallasi hududida temir-beton ustunlar o‘rnatilganiga 2 yildan ortiq muddat o‘tgan bo‘lsa-da, elektr kabeli tortilmagan, oqibatda 100 dan ortiq aholi xonadonlarining elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan. Bo‘ston tumanida A373 «Toshkent-O‘sh» xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining 45 km qismini ta’mirlash ishlari 10 yildan buyon yakuniga yetkazilmagan. Bundan tashqari, Izboskan tumani «Iftixor» mahallasi Zamondosh ko‘chasida 2,8 km suv quvurining tortilishi uchun 2 mlrd. so‘mlik loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan. Biroq, bugungi kunga qadar mablag‘ ajratilmagan.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, Respublika ishchi guruhi tomonidan qator amaliy ishlar olib borildi.
Xususan, joylarda ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash bo‘yicha 7,8 km yo‘l ta’mirlandi, 2 dona yangi transformator o‘rnatildi, 24 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatildi, yangi elektr tarmog‘i tortilmoqda. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida 54 ta mahallada 18,1 km tarmoq tortildi, Jalaquduq tumani «Xasanqovoq» mahallasi va Izboskan tumani «Iftixor» mahallasida suv minoralari ta’mirlandi.
Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibor markazida bo‘ldi.
Viloyatda 2 420 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘riklarda aniqlangan 73 nafar bemorlar hududiy shifoxonalarga yotqizildi, 28 nafariga viloyat shifoxonalariga order berildi. Shaxrixon tumanida 4 nafar bemorda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bundan tashqari, 14 nafar kam ta’minlangan oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari, 31 nafariga kiyim-kechaklar bepul yetkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter