Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Onix» va «Tracker»ni mahalliylashtirish o‘rtacha 55 foizga yetkaziladi – loyiha

«Onix» va «Tracker»ni mahalliylashtirish o‘rtacha 55 foizga yetkaziladi – loyiha

2030-yilgacha yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini 1 mln donaga yetkazish dasturi amalga oshiriladi.

Bu haqda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni loyihasida belgilab qo‘yildi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, joriy yilning dekabriga qadar «Onix» va «Tracker» avtomobillarining mahalliylashtirish darajasini o‘rtacha 55 foizga, milliy traktor – kamida 35 foizga, osma texnika va tirkamalar – 60 foizga yetkaziladi.

Shuningdek, Andijon viloyatida «Metall buyumlarni quyish zamonaviy sexini ishga tushirish» loyihasining 2-bosqichi ishga tushiriladi.

Bundan tashqari «O‘zavtosanoat» rahbari U.Roziqulovga mahalliy avtomobilsozlik sanoatida barcha mavjud va yangi ishlab chiqaruvchilarga shaffof va teng sharoitlarni yaratish vazifasi topshiriladi.

Shu bilan birga Jizzax viloyatida Xitoyning BYD kompaniyasi bilan hamkorlikda 10 mingta elektromobil va gibrid avtomobillarini to‘liq siklda ishlab chiqarish hamda «ADM Jizzakh» korxonasi negizida Koreyaning KIA brendi ostida avtomobillarni to‘liq siklda ishlab chiqarish loyihasini ishga tushiradi.

Umuman olganda, yil oxiriga qadar mahalliy avtomobilsozlik korxonalari tomonidan 450 ming dona yengil avtomobillar ishlab chiqarishga erishish ko‘zda tutilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring