«Oilaviy mehribonlik uyi» qizlarini zo‘rlab kelgan FVV xodimi ham ishidan olingan
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudining 2022-yil 6-sentyabrdagi hukmi bilan Xorazm viloyati Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan 39 yoshli A.Q. ham o‘sha paytdayoq lavozimidan olingan.
Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq uning sherigi, Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.M. ham qilmishlaridan so‘ng ishdan olingani aytilgan edi.
Ularning har ikkisiga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 1 yil 6 oydan muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 2022-yil 27-dekabrdagi ajrimida ham Xiva tuman sudining yuqoridagi hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter