Nukus voqealarida qariyb 7 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan – tergov xulosasi
Qoraqalpog‘istondagi voqealar ishtirokchilariga oid Buxoroda boshlangan sud ishida ommaviy tartibsizliklar qancha moddiy zarar keltirib chiqarganiga oid ma’lumot berildi.
Xabar.uz muxbirining sudda o‘qib eshittirilgan ayblov xulosasiga tayanib ma’lum qilishicha, tartibsizliklar natijasida 6 mlrd 681 mln 247 ming 508 so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura joriy yil 4-iyul kuni ommaviy tartibsizliklar oqibatida 243 nafar shaxsga, jumladan, 38 huquq-tartibot organlari xodimlariga turli tan jarohatlari yetkazilgani hamda 18 nafar fuqaro og‘ir tan jarohatlari tufayli vafot etgani haqida bayonot bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter