Nukus voqealari: prokuror protesti qanoatlantirilmadi. Qallixanova “uy qamog‘i”da qoladi
2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus voqealari bo‘yicha shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan 39 nafar shaxsga nisbatan 2023-yil 17-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining hukmi e’lon qilingan edi.
Bir muddat o‘tib, Oliy sud sudlanuvchilar D. Tadjimuratov va yana 15 kishi birinchi instansiya sudi hukmi ustidan appelyasiya tartibida shikoyat kiritgani hamda mazkur hukmning sudlanuvchilar L. Qallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va A. Nuratdinovga oid qismiga prokuratura tomonidan protest kiritilgani haqida ma’lum qilgan edi.
Ushbu jinoyat ishi yuzasidan bugun, 5-iyun kuni prokurorning mazkur jinoyat ishi doirasida yuqoridagilarga oid protestini ko‘rib chiqish yakuniga yetdi.
Sud prokuror protestini qanoatlantirmadi.
Ya’ni:
- Azamat Nuratdinovning 4 yil 5 oy 17 kun;
- Axmet Smetullayevning 4 yil 5 oy 8 kun;
- Azamat Turdanovning 4 yil 5 oy 5 kun; ozodlikni cheklash jazolari;
- Lolagul Qallixanovaning 3 yil sinov muddati bilan shartli berilgan jazolari o‘z kuchida qoldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter