Navoiydagi qamoqxonada 15 yilga «kesilgan» mahkum o‘z joniga qasd qildi
Navoiy shahridagi 4-sonli jazoni ijro etish koloniyasida 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahkum o‘zining kiyimlaridan sirtmoq yasab, o‘z joniga qasd qilgan.
Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Viloyat prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mahkum M.O. shu yilning 7-oktyabri soat taxminan 01:35 larda koloniya intizomiy bo‘linmasi (qamoqxona ichki tartib qoidalarini buzganlik uchun jazo sifatida mahkumlarni alohida vaqtincha saqlash joyi, -tahr.)ning 2-hujrasida o‘zining kiyimidan arqon yasab, yotish uchun mo‘ljallangan o‘rin joyidagi krovat temiriga o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Mahkum M.O. mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 2018-yil 30-iyulda jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi «l» bandi hamda 60, 61-moddalari bilan aybdor deb topilib, 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lgan.
Mahkum ushbu jinoiy ishiga qadar ham JKning bir nechta moddalari bilan muqaddam 4 marotaba sudlangan.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter