Navoiyda ikki o‘quvchi o‘qituvchisi tomonidan kaltaklandi
Joriy yilning 1-fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan 18-sonli maktab o‘qituvchisi M.Sh. dars jarayonida 9-sinfning 2 nafar o‘quvchilari A.A. va Sh.B. larni kaltaklagan.
Bolalar ombudsmani axborot xizmati xabariga ko‘ra, o‘quvchilardan biri A.A va uning onasi U.D. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘qituvchi M.Sh. ga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Jarohat olgan o‘quvchilarga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi tayinlangan.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter