Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi yoddan zaharlanish ortidan 3 kishi hibsga olingan

Namangandagi yoddan zaharlanish ortidan 3 kishi hibsga olingan

Joriy yil 22-sentyabr kuni Namangan viloyatining Chust tumanida o‘nlab bolalarning bepul tarqatilgan yod preparati iste’moli sabab zaharlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Mazkur holat bo‘yicha 3 nafar mas’ul qamoqqa olindi.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 7 va 16 noyabr kunlaridagi ajrimlari bilan Bosh prokuror o‘rinbosarining iltimosnomalariga ko‘ra, 3 nafar gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Ular Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi va 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinyapti.

Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddalari tartibida ushlanganlar:

  • N. A. (ayol, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi laboratoriya mudiri, katta ilmiy xodim xodim, Sog‘liqni saqlash vazirligi Bolalar bosh endokrinologi, bosh mutaxassisi);
  • F. X. (ayol, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – bosh shifokori, Sog‘liqni saqlash vazirligi Bosh endokrinologi, bosh mutaxassisi);
  • X. G. (ayol, Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish va muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring