Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda yangilanayotgan Konstitutsiyaga oid targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Namanganda yangilanayotgan Konstitutsiyaga oid targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Namangan shahridagi «Afsonalar vodiysi»da bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayrami tantanalari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokamasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda Respublika tez tibbiy yordam markazi hududiy filiali jamoasi va viloyat markazidagi davolash-profilaktika muassasalari vakillari sog‘liqni saqlash sohasini yanada takomillashtirish borasida Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan tushuntirish berishdi.

Xususan, Nasiba Avazbekova, Zarifa Abdullayeva, Manzura Mahmudova, Mohigul Asqarova, Gulbadan Jalilova kabi shifokor, hamshira va mutaxassislar so‘z olib, yangilanayotgan konstitutsiyaning muhim jihatlari haqida batafsil to‘xtaldilar.

– Bahor kelishi bilan tibbiyot xodimlari ko‘chalarga jamoatchilik ishlariga jalb qilinar edi. Buyog‘i kech kuzdagi paxta terimiga qadar olib borilar edi. Bugunga kelib, bu kabi vazifamizga kirmaydigan ishlarga jalb qilish to‘xtatildi. Yangi qabul qilinayotgan Konstitutsiyada esa majburiy mehnatga jalb qilishni taqiqlashga oid alohida normalar kiritildi. Bu, albatta kelgusida biz kabi tibbiyot xodimlarining o‘z mutaxassisligi doirasida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi, – deydi tibbiyot xodimi Zarifa Abdullayeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring