Namanganda maktab direktorining o‘rinbosari o‘z joniga qasd qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 45-sonli maktab direktori o‘rinbosari o‘z joniga qasd qilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasida viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Qumidon” MFY da yashab, To‘raqo‘rg‘on tumani XTB ga qarashli 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan O.Qo‘chqorov ruhiyatidagi o‘zgarish tufayli 28.11.2021 yil yashash uyida o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan va tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan tekshirishda, O.Qo‘chqorovga nisbatan uning oila-a’zolari yoki boshqa biron-bir shaxs tomonidan qo‘rqitish, rahmsiz muomala qilish, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish holatlari bo‘lmagani, o‘z joniga qasd qilishiga ruhiyatidagi o‘zgarish sabab bo‘lgani aniqlangan.
Tekshiruv yakunga ko‘ra O.Qo‘chqorovning o‘z joniga qasd qilganligi holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter