Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda 21 yoshli yigit bir guruh bolalar tomonidan «samosud» qilindi

Namanganda 21 yoshli yigit bir guruh bolalar tomonidan «samosud» qilindi

Namangan viloyati Chust tumanida 21 yoshli yigit o‘zidan 4 yosh kichik bolalar tomonidan «samosud» qilindi. Bu haqda «Bu kun» dasturida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, holat Chust tumanidagi mahallalarning birida yashovchi fuqaro 21 aprel kuni soat 14:30 da boshqaruvidagi «DAMAS»da tanishi — 2007 yilda tug‘ilgan qiz bilan tumanning «Sarimsoqtepa» MFY hududidagi dalada gaplashib o‘tirgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Tumanning «Guliston» MFYda yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro «Spark»da bir necha tanishlari bilan kelib, «Bu yerda mashina ichida begona qiz bilan nima qilib o‘tiribsan», deb yigitni do‘pposlagan. Shuningdek, «DAMAS»ning orqa o‘ng yoritish chiroqlari va o‘ng yon tomondagi orqani ko‘rish oynasini sindirgan. Atrofdagi tanishlari esa mazkur jarayonni tasvirga olib, Instagram’dagi o‘z sahifasiga joylashtirgan.

Qayd etilishicha, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroning badanida aniqlangan tan jarohatlari chap tirsak sohasi, yuz yarasi va chap yonbosh sohasi qontalash ko‘rinishda bo‘lib, uning jarohatlari yengil ekani ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan tuman IIB bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring