Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan shahri hokimi «ko‘tarildi», o‘rniga yangisi tayinlandi

Namangan shahri hokimi «ko‘tarildi», o‘rniga yangisi tayinlandi

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. 

Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining G‘ofur Jamolovni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Namangan shahar hokimi vazifasidan ozod qilish, Anvar Otaxo‘jayevni esa Namangan shahar hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorlarini bir ovozdan tasdiqlashgan.

G‘ofur Jamolov
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Ma’lumot uchun, Anvar Otaxo‘jayev tayinlovga qadar Chortoq tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Anvar Otaxo‘jayev
Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

G‘ofur Jamolovning yangi ish joyi ham ma’lum. U viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, Shavkat Abdurazzoqov o‘ziga yana bir o‘rinbosar tayinlagan. J.Hotamov Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Hotamov bungacha qayerda va qaysi lavozimda ishlagani ochiqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring