Mubashshir Ahmadning Turkiyada hibsga olingani to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berildi
Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda «Azon Global» axborot tahliliy portali asoschisi, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan mashhur Alisher Tursunovning Turkiya Ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi mazkur ma’lumotlarni tasdiqladi.
Aniqlanishicha, 2023-yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1974-yilda tug‘ilgan Tursunov Alisher Axmadovich Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilgan va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgan.
«O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va Bosh konsulxonasi tomonidan vatandoshimizga nisbatan tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilayotganligini ma’lum qilamiz», – deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter