Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MSK saylovning yakuniy natijalarini tasdiqladi

MSK saylovning yakuniy natijalarini tasdiqladi

Markaziy saylov komissiyasida komissiya a’zolari tomonidan 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari Prezidentlik saylovi natijalari to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki qariyb 80 foizi o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etib, o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

Majlisda Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzildi hamda saylov natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Jumladan, saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 87,05 foiz ovozi bilan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qolgan 3 ta partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar to‘plagan ovozlar ham bayonnomada aks ettirildi.

Bundan tashqari, majlisda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi va tegishli qaror qabul qilindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring