Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘ynoqda «Rally Muynak» ekstremal avtomobil musobaqasi start oldi

Mo‘ynoqda «Rally Muynak» ekstremal avtomobil musobaqasi start oldi

25-28-may kunlari Mo‘ynoq tumanida Ustyurt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubida «Rally Muynak» musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi hamda o‘nga yaqin boshqa vazirlik va idoralar tomonidan tashkil etilyotgan xalqaro darajadagi ushbu tadbir O‘zbekistonda bu yil 4-marta o‘tkazilyapti.

Mazkur musobaqa nafaqat O‘zbekiston miqyosidagi balki ko‘pgina xorijlik ishtirokchilarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega. So‘nggi o‘tkazilgan tadbirda Rossiya hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan umumiy hisobda 150 ga yaqin ekstremal sport ishqibozlari qatnashgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda musobaqa ishtirokchilari uzunligi jami 425 kilometr bo‘lgan masofani bosib o‘tishlari kerak bo‘ladi. 4 kun davom etadigan ushbu tadbirda ekstremal musobaqalardan tashqari, mehmonlarga yuqori kayfiyat ulashuvchi mahoratli oshpazlar ishtirokida gastromik tomoshalar va kechki vaqtlarda mashhur didjeylarning elektron musiqiy konsert dasturlari rejalashtirilgan.

Javohir ALIQULOV

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring