Moskva—Buxoro yo‘nalishida uchgan samolyot Navoiyga favqulodda qo‘ndi

Bugun 5-noyabr kuni Moskva—Buxoro yo‘nalishida uchgan SU-1876 samolyot noqulay ob-havo sharoiti tufayli Navoiyga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo neba» Telegram-kanali xabar qildi.
Qayd etilishicha, «Aeroflot» aviakompaniyasining yo‘lovchi reysi Moskvadan Buxoroga uchgan samolyot quyuq tuman tufayli Buxoro aeroportiga qo‘na olmagan.
Shundan so‘ng, samolyot Navoiy muqobil xalqaro aeroportiga favqulodda yo‘naltirilgan va muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter