Moliya vazirligi tizimda yuzga yaqin rahbar o‘zgartirilganini ma’lum qildi
Moliya vazirligi tizimida joriy yilda tizimda yuqori kasb mahoratiga ega, samarali mehnat qilib kelayotgan, zamonaviy fikrlash va nostandart holatlarda tezkor qarorlar qabul qila olish qobiliyatiga ega moliya idoralari xodimlari orasidan rahbarlik lavozimlariga amaliy kadrlar zaxirasi shakllantirilib, ularning 93 nafari moliya idoralarida vakant bo‘lgan rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.
Tayinlanganlarning 54 nafari moliya bo‘limlari mudiri, 28 nafari g‘aznachilik bo‘linmalari boshliqlari va 11 nafari hududiy davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlari hisoblanadi.
Birgina aprel-may oylarida Farg‘ona viloyati va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi, Toshkent shahar davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi, Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarining g‘aznachilik va Xorazm viloyatining pensiya jamg‘armasi boshliqlari o‘zgardi.
Shuningdek, Farg‘ona, Namangan, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi jami 22 tuman va shahar moliya bo‘limlarida yangi rahbar tayinlandi. Yana 24 tuman va shahar g‘aznachilik bo‘linmalari boshliqlari o‘zgartirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter