Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Nikol Pashinyandan ham qutlovlarni qabul qilib oldi

Mirziyoyev Nikol Pashinyandan ham qutlovlarni qabul qilib oldi

Shavkat Mirziyoyevning Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan 12-iyul kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston yetakchisi armanistonlik rasmiydan Prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bois qutlovlarni qabul qilib oldi.

«Armaniston hukumati rahbari mamlakatimiz yetakchisini Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, katta muvaffaqiyatlar va baxt-saodat tiladi», – deyiladi xabarda.

Davlat rahbari va Armaniston Bosh vaziri, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqqan.

Suhbatda amaliy hamkorlik loyihalarini ilgari surish maqsadida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi hamda qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish muhimligi ham alohida ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasining saylov natijalarini tasdiqlash haqidagi qaroridan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga qator davlatlar rahbarlaridan tabriklar kela boshlagan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring