Marg‘ilon shahrida bir nechta fuqaro nima uchun mushtlashgani ma’lum qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahar Ipakchilar buyum bozorida janjal bo‘lgani haqida videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.
«Daryo.uz»ning yozishicha, 16 sentyabr kuni fuqaro Sh.M. fuqaro R.R. da avvaldan qolib kelgan ish haqqini olish maqsadida telefonlashib, og‘zaki janjallashib ketgan. Shundan so‘ng ular Marg‘ilon shahar Ipakchilar buyum bozori hududida uchrashishga kelishishgan va R.R. o‘z tanishi Sh.X. bilan birga kelgan. Sh.M. ham sheriklari K.S., O.M., D.Yu. va D.M.lar bilan birgalikda kelishib o‘zaro janjallashib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277 moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» (jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro R.R. protsessual tartibda ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter