Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda tarbiyaviy ishlar bo‘yicha «zamdirektor»lar moddiy rag‘batlantirib boriladi

Maktablarda tarbiyaviy ishlar bo‘yicha «zamdirektor»lar moddiy rag‘batlantirib boriladi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etgan respublika bo‘yicha 200 nafargacha ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har chorakda BHMning 10 baravarigacha (2023-yil 10-may holatiga – 3,3 mln so‘m) miqdorda Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib boriladi.

Bu haqda joriy yil 3-maydagi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan qabul qilingan qo‘shma qarorda nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, direktor o‘rinbosari umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktori hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimlariga tavsiya ham qilinadi.

Bundan tashqari yuqorida nomlari keltirilgan vazirlik va tashkilotlar 2023-2024-o‘quv yilida har bir tuman (shahar) miqyosida 1 ta maktabda direktor o‘rinbosari faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yadi va ularning tajribasini boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ommalashtirish choralarini ko‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring