Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Livandagi terakt qurbonlari soni ortib bormoqda

Livandagi terakt qurbonlari soni ortib bormoqda

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi peyjerlar bilan bog‘liq terakt qurbonlari soni 11 nafarga yetgani va 4 ming nafar jarohatlanganlar haqida ma’lumot berdi.

Jarohatlanganlarning 400 nafari og‘ir ahvolda. Bayrut, Nabatiya, Saida va Tirdagi kasalxonalar Isroilning keng ko‘lamli terakti qurbonlari bilan to‘lgan.

Livan OAVsi Bayrutdagi Amerika universiteti gospitali rahbarlarini rejalashtirilgan kiberhujum haqida bilishda ayblamoqda. Bunga bir necha kun avval shifoxona ma’muriyati o‘z xodimlaridan peyjerlarni yig‘ib olgani sabab bo‘lgan.

The New York Times nashrining Amerika rasmiylariga tayanib yozishicha, Livandagi peyjerlar bilan operatsiya Isroil tomonidan uyushtirilgan. Isroilliklar Tayvanda ishlab chiqarilgan peyjerlarning yangi partiyasida «portlovchi moslamani yashirishgan»i aytilmoqda.

Reuters hamda qator manbalar Isroil razvedkasi Hizbulloh tomonidan buyurtma qilingan va Tayvanda ishlab chiqarilgan peyjerlar ichiga portlovchi moddalarni joylashtirib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Xabarlarda aytilishicha, portlagan peyjerlar Hizbulloh tomonidan so‘nggi oylarda yetkazib berilgan eng so‘nggi modellar bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring