«Korrupsiyani qabul qilish indeksi»da O‘zbekiston 14 pog‘ona yuqoriladi
Transparency International xalqaro tashkilotining «Korrupsiyani qabul qilish indeksi»da O‘zbekiston 2022-yil natijalariga ko‘ra, 180 ta davlat orasida 126-o‘rinni egalladi. Ushbu indeksda O‘zbekiston 2021-yilda 140, 2020-yilda 146, 2019-yilda esa 153-o‘rinda edi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov mazkur xalqaro reytingda mamlakatning o‘z o‘rnini yaxshilab borishini «korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida qilinayotgan ishlarning ijobiy samarasi», deya ta’kidlaydi.
«Shu bilan birga, ushbu reytingdagi o‘rnimizni yaxshilash va umuman jamiyatda korrupsiyani yo‘q qilish uchun lobbizm, monopoliya va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish, nepotizm, noqonuniy boylik orttirish, hokimiyatni suiste’mol qilish hamda favoritizm kabi illatlarni bartaraf qilish ishlarini tezlashtirishimiz talab etiladi», – deydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter