Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar uchun «yashil yo‘lak» orqali mamlakatdan chiqib ketish muddati 2025-yilning 31-yanvargacha uzaytirildi.
Ushbu qaror Migratsiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi va Koreya Adliya vazirligi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida qabul qilingan.
Shunga ko‘ra, 30-noyabr kuni tugashi lozim bo‘lgan «yashil yo‘lak»loyihasi uzaytirildi va Koreyada noqonuniy yurgan fuqaro 2025-yilning 31-yanvarga qadar «yashil yo‘lak»dan foydalanib, erkin chiqib ketishi mumkin.
Koreyada noqonuniy ishlab, yashab yurgan shaxslar 1 mln von (716 dollar)dan (1 oydan kam bo‘lsa) boshlab 30 mln von(21 482 dollar)gacha (7 yildan ko‘p bo‘lsa) miqdorida jarima to‘laydi.
Ko‘rsatilgan muddat ichida Koreyani ixtiyoriy tark etsa esa yuqoridagi jarimalardan ozod etiladi hamda keyinchalik Koreyaga qayta kirish yengillashadi.
«Ushbu muddat tugaganidan so‘ng fuqaro Koreyada yana qoladigan bo‘lsa, Migratsiya agentligi tomonidan shartnoma bandlariga ko‘ra fuqaro yoki uning kafiliga nisbatan katta miqdorda jarima (har bir oy uchun 2000 dollar) va Koreya tomonidan qayta kirishga taqiq qo‘llaniladi», – deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.
Agentlik, shuningdek, Koreya Adliya vazirligi sayti (www.hikorea.go.kr) hamda Migratsiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi 02-2285-1341 (Asilbek Abdumutalov, Saida Adhamova) telefon raqamlarini ilova qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter