Konstitutsiyaga so‘m va uning maqomi to‘g‘risidagi modda kiritilyapti
Valyuta – davlatning pul birligi bo‘lib, pul tizimining asosiy elementi hamda suveren davlatning belgilaridan biridir. Boshqacha aytganda milliy valyuta davlatning muhim ramzlaridan biri.
Har bir mustaqil mamlakat o‘z milliy valyutasiga ega. Ayni paytda yer yuzida 200 dan ortiq davlatlar mavjud bo‘lsa, 160 ga yaqin valyuta turi mavjud.
O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi so‘m ham mustaqil davlatimizning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Lekin eng qizig‘i Konstitutsiyamizda milliy valyutamiz bo‘lgan so‘m haqida biror og‘iz gapirilmagan. Balki bu Konstitutsiya so‘m muomalaga kirganidan bir necha yil avvalroq qabul qilingani bilan bog‘liqdir. Lekin baribir ham Bosh qomusimizda asosiy ramzlarimizdan biri bo‘lgan so‘m haqida alohida modda yo‘qligi g‘alati.
Shu sababli mazkur bo‘shliq to‘ldirilmoqda va Konstitutsiyamizga milliy valyutamiz haqidagi normalar qo‘shish taklif etilmoqda.
Shuni inobatga olish kerakki, Konstitutsiya loyihasida pul birligini muomalada bo‘lishi uning muomuladan olinishini tartibga soluvchi sub’yekt – ya’ni Markaziy bank ham aniq belgilab ketilmoqda.
150-modda.
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir.
So‘m O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov vositasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining hududida qonuniy to‘lov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda va ularni muomaladan chiqarishda mutlaq huquqqa egadir.
Davlatning pul birligining maqomini hamda uning muomalada bo‘lishiga oid qoidalarni Konstitutsiyada belgilangan taqdirda uning mavqei oshishiga olib keladi. Mamlakat poytaxti, davlat tili, bayrog‘i, gerbi va madhiyasi kabi ramzlardan biri bo‘lgan milliy valyuta ham Bosh Qomusda aks etishi maqsadga muvofiq.
Bugungi globallashuv sharoitida davlatning pul birligi va uning qadr-qimmati alohida ahamiyatga ega. Mazkur masalaning Konstitutsiyadan o‘rin olishi turli tahdid va xavf-xatarlarning ham oldini oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter