Konstitutsiyaga 15 ta yangi modda va 1 ta yangi bob kiritilyapti – Qodirov
«Milliy tiklanish» lideri Alisher Qodirov ayni paytda Qonunchilik palatasida Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid hujjatning navbatdagi muhokamalari bo‘lib o‘tayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Konstitutsiyaning 76 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan birga, 15 ta yangi modda va 1 ta yangi bob kiritilmoqda. Loyihada fuqarolar tomonidan taqdim qilingan 160 mingga yaqin takliflardan ham keng foydalanilgan.
«Milliy tiklanish» va O‘zLiDeP partiya fraksiyalari qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi muhokamasiga kiritish tashabbusini qo‘llab-quvvatladilar», – deydi Qodirov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter