Kelajak kredit kartasi «InfinBank»dan InfaBlack
Kredit karta – kinolardan hammamizga tanish buyum bizning hamyonlarimizga tushganiga ancha bo‘ldi. Kredit karta – yanada texnologik shaklda tatbiq etilgan barcha uchun odatiy kreditlarning yaqin qarindoshi.
Oddiy kredit vs kredit kartasi
Oldin kredit olish uchun mijoz doimo bankka borgan. O‘zi bilan bir uyum hujjatlarni, masalan, oila a’zolari pasportlarining asli va nusxalari, daromadlar haqida ma’lumotnoma, oilaviy ahvoli haqida ma’lumotnoma, propiska, moddiy ta’minlanganligi haqida mahalladan ma’lumotnoma, odatiy sertifikat ilova qilingan 083 shakli va oliy ma’lumotga egaligi to‘g‘risida diplom ko‘tarib kelgan. Soddaroq aytganda, mijozdan nima uchun zarurligi noma’lum bir dasta hujjatlar talab etilgan. Ariza rasmiylashtirilgach, u haftalar, ehtimol oylar davomida ko‘rib chiqilgan, bankda biror tanishingizning ishlashi esa avtosalonda tanishingiz bo‘lishidan kam mavqe keltirmagan. Siljimas foiz stavkasi asosida pul kassada naqd shaklda berilgan, foizlarni ham har oy bankka shaxsan borib to‘lash talab qilingan. Aytishlaricha, kreditni to‘lashga kelgan odamlardan shakllangan ayrim navbatlarda uchrashganlar keyinchalik oila ham qurgan ekan. Bunday formatdagi kredit bugun xuddi shahar markazida qad ko‘targan yangi xonadon mehmonxonasida ichiga billur idishlar taxlangan Polsha uy jihozidek eskirib ketgan.
Kredit kartalari mutlaqo boshqacha tartibda ishlaydi: taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati ancha kam, arizani mobil ilovada rasmiylashtirish mumkin, pul kartaga tushiriladi, qarz ham aynan kartadan yechib olinadi.
«InfinBank»dan INFINBLACK
2019 yilda «InfinBank» kredit bo‘yicha ariza va unga oid qarorning qabul qilinishini bankning mobil ilovasiga o‘tkazdi. Aksar jarayonlarni avtomatlashtirish va kreditni ma’qullash borasida qaror qabul qilish qismidan inson omilini bartaraf etish orqali, biz o‘sha payt uchun noyob bo‘lgan kredit konveyerini yaratdik. Bankirlar bilan do‘stlashish zerikarli tus oldi.
Erishilgan yutuqlarda to‘xtab qolish – bizning uslubga xos emas. «InfinBank» taraqqiyotning asosiy qoidasi – uzluksiz rivojlanish ekanligini yaxshi anglaydi. Uch yil davomida «InfinBank»mutaxassislari InfinBLACK kartasiga doir takliflarni takomillashtirish ustida ish olib borishdi va 2023 yilning avgust oyida bozorga o‘ziga xos shartlardagi yangilangan kredit kartani taqdim etishdi. 2023 yil modelidagi InfinBLACK – bu vakillik tasnifidagi avtomobil darajasidagi kredit karta bo‘lib, nafis dizaynli karta, qulay foiz stavkalari va kreditorni tahlil qiluvchi zamonaviy texnologik bazani o‘z ichiga oladi.
Kartaning yangilangan shartlari: 50 kungacha foizsiz imtiyozli davr bilan 5 yil middatga 50 million so‘mgacha kredit limiti. Kredit limitining miqdori va foizsiz davr qayta tiklanish kabi noodatiy xususiyatga ega. Foiz stavkasi 23,99% dan boshlanib, har bir mijoz uchun alohida hisoblanadi. Yurtimizdagi istalgan bankning mijozi shunchaki «InfinBank» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tib, kredit karta uchun ariza berishi mumkin.
Uch yil davomida kredit karta ustida olib borilgan ishlar natijasida, «InfinBank» limit miqdorini 30 mln so‘mdan 50 mln so‘mgacha oshirdi va shunchalik moslashuvchan skoring tizimini yaratdiki, foiz stavkasi har bir mijoz uchun alohida hisoblanadi, ammo yillik 47,99% dan oshmaydi. 5 yilga kredit taqdim etib, biz uzoq, o‘zaro xolis munosabatlarni ko‘zlashimiz hamda mijozlarni muddati o‘tgan karta kabi mayda-chuyda narsalar haqida qayg‘urish tashvishidan xalos qilmoqchi ekanligimizni bildirmoqchimiz. Ariza anketasini imkon qadar qisqartirish, uni ko‘rib chiqish muddatini esa maksimal tezlashtirish (ariza borasida javob ish kunlari 24 soat ichida beriladi) uchun qo‘limizdagi barcha imkoniyatlarni safarbar qildik.
50 kungacha bo‘lgan imtiyozli davr qanday ishlaydi?
50 kunlik foizsiz davr «InfinBank»mijozlarini mamnun qilish uchun kerak. Bu davr davomida siz bank pullaridan foydalanasiz va buning uchun bir tiyin ham to‘lamaysiz. Yurtdoshlarimiz uchun tanish eng uzoq foizsiz davr (uni yana «greys davr» yoki «imtiyozli davr» deb atashadi) 30 kunni tashkil etadi. Bu esa qarzning butun miqdorini eng yaqin oylik maoshgacha qaytarish, ehtimol buning uchun do‘stlar va qarindoshlardan qarz olib turish zarurati mavjudligini anglatadi. «InfinBank» stereotip va qoidalarni barbod qilib, bir oylik muddatni yana yigirma kunga cho‘zdi, shu bois siz InfinBLACK kartasi bo‘yicha 50 kunlik foizsiz davrga ega bo‘lasiz. Sizning shaxsiy budjetingiz, ota-onangiz bilan munosabatlaringiz va asablaringizni asrab-avaylaymiz.
Har oyning birinchi sanasida hisobot davri boshlanadi, kartadan foydalanish imkoniyati saqlanishi uchun minimal majburiy to‘lovni keyingi oyning 20-sanasigacha to‘lash kifoya. Ellik kun – foizsiz davrning eng uzoq muddati. Keling, misol orqali tushuntirsak:
1 yanvar kuni bank sizning 15 mln so‘m so‘ralgan arizangizni ma’qulladi va siz shu zahoti smartfon uchun 13 mln so‘m to‘ladingiz. Sizning foizsiz davringiz 50 kunni tashkil qiladi. 20 fevralgacha sarflangan 13 mln so‘mni kartaga qaytarsangiz, imtiyozli davr yana 40 kunga «yoqiladi» va sarf-xarajatlar uchun yana 15 mln so‘m taqdim etiladi. Sxema har oy shunday ishlaydi. Agar 20 fevralgacha faqat minimal majburiy to‘lovni amalga oshirsangiz, puldan foydalanilgan davr uchun foiz hisoblanadi, ammo uni mart oyida so‘ndirasiz. Hatto shu yerda ham InfinBANK’dan bonus mavjud: foizlarni ikki oydan keyin to‘laysiz.
Agar smartfonni 25 yanvar kuni xarid qilgan bo‘lsangiz (davr oxiriga yaqin), u holda sizda jami 26 kun imtiyozli davr qoladi.
Har qanday holatda ham siz bu vaqt ichida oylik maosh olishga ulgurasiz, kredit karta esa istagan buyumingizni hozir olish, ammo to‘lovni keyinroqqa qoldirishga yordam beradi.
VISA karta imkoniyatlari
Bankning 2021 yilda VISA bazasi asosida o‘zining protsessing tizimiga o‘tgani kreditga oid bunday afzalliklarni amalga oshirish imkonini yaratib, endilikda o‘z mevalarini bermoqda: «InfinBank», ehtimol, mamlakatdagi eng yaxshi kreditlardan birini taklif etmoqda, VISA kartalari bilan xarid qilinganda komissiya olinmayapti. VISA kredit kartasidan ham O‘zbekiston hududida, ham xorijda foydalanish mumkin. Aslida bu bilan siz ko‘p valyutali kredit kartaga ega bo‘lasiz. Hozirgi ta’til mavsumida - qo‘lingizdagi InfinBLACK kredit kartasi siz va yaqinlaringiz uchun haqiqiy ta’tilni his etishda ko‘maklashuvchi vositaga aylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter