Jurnalistlar uyushmasi ayrim Telegram kanallar ustidan shikoyat qildi
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi xalq orasida taniqli bo‘lgan insonlari, davlat va jamoat vakillari, obro‘li va faol OAV vakillari haqida haqoratomuz hamda bo‘hton xabarlar tarqatayotgan ayrim Telegram kanallar ustidan huquq-tartibot idoralariga shikoyat qildi.
Uyushma axborot xizmatiga ko‘ra, jumladan, arizada «jurnalist kasb etikasidan, odob-axloq qoidalaridan yiroq bo‘lgan, OAV va boshqa sohalarga oid qonunlarga rioya qilmasdan so‘z erkinligidan noto‘g‘ri va g‘arazli maqsadlarda foydalanish holatlari»ni o‘ziga kasb qilib olgan Telegram kanal – Online muxbir kanalining egasini aniqlash va tegishli tartibda chora ko‘rish so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter