Jurnalist Ayjamal Joldasbayeva 27 yoshida vafot etdi
Iqtidorli jurnalist, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi sifatida ishlagan Ayjamal Joldasbayeva 27 yoshida vafot etdi.
Ayjamal Joldasbayeva 1997-yil 23-yanvarda Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida tug‘ilgan. Jurnalistika yo‘nalishida O‘dJTUning bakalavr hamda O‘zJOKUning magistratura bosqichlarini tamomlagan. Falsafa doktori (PhD) darajasi uchun ilmiy izlanish olib borayotgan bo‘lgan.
U 2014-yilda adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
«Gazetauz»ning yozishicha, marhuma ma’lum muddat o‘lik homila bilan yurgan va bola olinganidan keyin ahvoli og‘irlashib, avvaliga Taxtako‘pir tumanidagi shifoxonaga, bundan 3 kun muqaddam esa Nukusdagi shifoxonalarning biriga yotqizilgan va o‘sha yerda vafot etgan. Bir nafar o‘g‘il farzandi bor.
«Xabar.uz» tahririyati marhumaning oila-a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter