Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joriy yilda qishloq xo‘jaligi 900 ming tonna mineral o‘g‘it bilan ta’minlanadi

Joriy yilda qishloq xo‘jaligi 900 ming tonna mineral o‘g‘it bilan ta’minlanadi

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda yer va suv resurslaridan foydalanishga muammolarga ham to‘xtalindi.

Mazkur resurslar cheklangan sharoitda qishloq xo‘jaligi mas’ullari joriy yilda mutlaqo yangicha ishlashi zarurligi qayd etildi.

Lekin, tannarxni kamaytirish, yuqori hosil beradigan urug‘ va ko‘chatlarni yetkazib berish, sanoat muhitini olib kirish bo‘yicha ayrim mutasaddilar va hokimlar yetarlicha ishlamayotgani tanqid qilindi.

Joriy yilda tumanlarga hosildor urug‘larni yetkazib, dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga o‘qitib, paxta va g‘allada hosildorlikni yanada oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, o‘g‘it tannarxni 15 foizga kamaytirib, qishloq xo‘jaligini 900 ming tonna mineral o‘g‘it bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Bu yildan ilk bor chetdan olib kelingan chigitni ekishga ruxsat berildi.

Lekin, shu paytgacha Paxtachilik kengashi, Karantin agentligi, viloyat hokimlari bir to‘xtamga kelib, qayerdan, qanday navli urug‘ olib kelib, qayerga ekishni hal qilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan bir oy muddatda xorijdan 3 ming tonna urug‘lik chigitni olib kelish topshirildi. Umuman, joriy yilda 100 ming gektarda yuqori hosildor xorijiy paxta navlarini ekish muhimligi ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring