Joriy yilda necha kishi cho‘kish oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi
![Joriy yilda necha kishi cho‘kish oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/8/6/720_460_95_860030369.jpg)
Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili Samandar Hikmatullayev ishtirokidagi brifingda joriy yilgi cho‘milish mavsumida necha kishi suvda cho‘kish bilan bog‘liq hodisalar qurboni bo‘lgani haqida ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, joriy yil yoz mavsumida 142 nafar fuqaro cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan.
Baxtsiz hodisalar 51 holatda cho‘milish taqiqlangan, ruxsat etilmagan, cho‘milish uchun sharoit bo‘lmagan, xavfli suv havzalarida cho‘milganlik oqibatida, 85 holatda esa ehtiyotsizlik natijasida yuzaga kelgan.
Ushbu cho‘kkanlarning 45,3 foizini voyaga yetmaganlar tashkil qilgan.
Ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan 85 kishining cho‘kishi daryolar, kanallar hamda ariqlarning ustidagi suv, gaz, chiqindi oqava suv quvurlaridan yo‘lni qisqartirish maqsadida ko‘prik sifatida foydalanib o‘tishlari hamda suv havzalari qirg‘oq bo‘ylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etmaganliklari sababli yuz bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter