Jizzaxda jasadi topilgan bolaning o‘limi sababi aniqlanmoqda — prokuratura
Jizzax viloyati Baxmal tumani Istiqlol mahallasida yashovchi oilaning 5 yoshli farzandi A.A. 2023-yil 3-may kuni o‘ynab uyidan chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolgan.
5-may kuni esa uning murdasi shu hududdan oqib o‘tuvchi Tuyatortar kanalidan, bola yashagan xonadondan 2 kilometr uzoqroqdan topilgan.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda Baxmal tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter