Jizzaxda 1,5 mingga yaqin fuqaroning MIBdan 26 mlrd qarzi borligi aniqlandi
Jizzax viloyatida 1,5 mingga yaqin fuqarolarning Majburiy ijro byurosi (MIB)dan qarzi borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlari ish yurituviga tijorat banklari foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq jami 1,4 trln. so‘mlik 19 mingga yaqin ijro hujjatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 12 mingdan ortiq ijro hujjatining ijrosi tamomlangan.
Shuningdek, ijro hujjatlari yuzasidan jami 464 ta 162 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, ushbu mol-mulklarni undiruvga qaratish choralari ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, 1 432 nafar qarzdorlarning 26 mlrd. so‘mlik qarzdorliklarini qoplash maqsadida ish haqi daromadlari haqida ma’lumotlar aniqlanib, hozirda qarzdorlikni undirish ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter