«Jasadi mashinada saqlangan ayol» voqeasi bo‘yicha to‘ldiruvchi ma’lumot berildi
Bosh prokuratura, avvalroq xabar berilgan «Toshkentda er ayolini o‘ldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlab yurgani» haqidagi voqea yuzasidan ma’lumotga aniqlik kiritmoqda.
Qayd etilishicha, 2022-yil 10-iyun kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashagan erkak o‘zi bilan shar’iy nikohda bo‘lgan 35 yoshli ayol uchun tez tibbiy yordam chaqirgan. Tibbiyot xodimlari soat 09:00 da D.J.ning uyiga yetib kelib, ko‘rsatgan tibbiy yordamga qaramasdan, soat 09:45 da ayol yashash uyida vafot etgan.
Shundan so‘ng, soat 11:27 da tez yordam xodimlari tomonidan «102»ga xabar berilgan, hodisa joyiga tergov-tezkor guruhi kelib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlash haqidagi qaror profilaktika inspektoriga taqdim etilgan. Shu kunning o‘zida soat 14:00 larda ekspertiza byurosida murdani ekspertizadan o‘tkazish boshlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan videotasvir esa joriy yil 10-iyun kuni soat 18:00 larda marhumaning murdasi sud-tibbiyot ekspertizasi tekshiruvlaridan olinib, turmush o‘rtog‘i tomonidan Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi yashash joyiga avtomashinada olib kelingan vaqtda olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter